Toshkentning “Paxtakor” klubi a’zosi Sherzod Karimov mavsum yakuniga qadar maydonga tusha olmaydi, deb xabar berdi “Championat.asia”.
Avvalroq futbolchi jarohat olgan bo‘lib, endilikda shu jarohatning kutilganidan jiddiyligi aytilgan. Tiklanish jarayoni vaqt talab etadi. Bu esa Sherzod Karimovga 2016-yil yakunidagi o‘yinlarda ishtirok etish imkonini bermaydi.
Ma’lumot uchun, 2015-yilgi mavsumni chempion sifatida yakunlagan “Paxtakor”, 2016-yil chempionatining 21-turidan keyin 7-o‘rindan joy olgan.
Izoh (0)