AQSh va Rossiya olimlari yangi metod yordamida qon tomirlaridagi tromblarni aniqlashning uddasidan chiqdi. Tadqiqot natijalari Plos One jurnalida chop etildi, deb xabar beradi “TASS”.
Tadqiqot guruhi vakillaridan biri Aleksandr Melerzanov lazer texnologiyalariga asoslangan yangi metod tibbiy jarayonlar va operatsiyadan keyingi bosqichda tromblar paydo bo‘lishini kuzatishga imkon berganini aytdi. Kelajakda bu o‘limga sabab bo‘luvchi tromboembolik asoratlarni erta bosqichda aniqlab, yo‘q qilishga yordam beradi.
Izoh (0)