Indoneziyada chet ellik sayyohlarni olib ketayotgan qayiqda portlash yuz berganligi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana 13 kishi turli darajadagi shikastlanishlar oldi. Bu haqda mahalliy politsiyaga tayanib, Detik axborot portali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Mahalliy politsiya vakilining ma’lum qilishicha, Niderlandiya va Indoneziya fuqarolari halok bo‘lgan. Jabrlanganlar orasida Avstraliya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Fransiya va germaniyalik sayyohlar bor.
Portlash Bali orolidan Gili arxipelagiga yo‘l olgan motorli qayiqda yuz bergan. Uning bortida 35 kishi, jumladan, qayiq jamoasining besh nafar a’zosi bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash qayiq dvigatelining yonib ketishi oqibatida sodir bo‘lgan.
Mahalliy politsiya hodisa yuzasidan surishtiruvni boshladi.
Izoh (0)