“O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi boshqaruv raisi Alisher Sultonov 13-sentabr, seshanba kuni Moskvada “Gazprom” kompaniyasi boshqaruv raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
“Gazprom” matbuot xizmatiga ko‘ra, tomonlar ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilgan. Xususan, gap O‘zbekistondan tabiiy gaz xaridi, shuningdek, respublika hududida investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish haqida borgan.
2015-yilda “Gazprom” o‘zbek gazini 6,38 milliard kub. metr hajmida sotib olgan edi.
Izoh (0)