Ozarbayjon poytaxti Boku mezbonlik qilgan 42-Butunjan Shaxmat Olimpiadasining yakuniga ko‘ra O‘zbekiston qizlar terma jamoasi umumjamoa hisobida 22-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Delegatsiya o‘n bir mamlakatga qarshi dona surib, shularning 6 tasida zafar quchishga erishdi. 2 ta bellashuv durang bilan o‘z yakuniga yetdi, 3 tasida esa o‘zbekistonlik shaxmatchi qizlar imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Qizlar musobaqasida chempionlik xitoylik sportchilarga nasib qildi. Olimpiadaning ikkinchi pog‘onasi Polshaga, uchinchi o‘rin Ukrainaga tegishli bo‘ldi, deb yozdi “Olamsport”.
Jahonning o‘n yettinchi chempioni hisoblangan Rustam Qosimjonov boshchilik qilgan O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Olimpiadani 39-o‘rinda yakunladi.
11 mamlakat termasiga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinlardan keyin 6 mamlakat mag‘lub etildi. 1 ta durang natija va 4 ta mag‘lubiyat 39-o‘rin uchun yetarli bo‘ldi. Har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan Shaxmat Olimpiadasida chempionlik AQShga nasib qildi.
Izoh (0)