Osiyo Chempionlar Ligasi chorak final javob uchrashuvi doirasidagi Toshkentning “Lokomotiv” hamda BAAning “Al-Ayn” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasiga 1 daqiqalik sukut bilan boshlanadi. Bu haqda “Sports.uz” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, bugun, 13-sentabr kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadigan o‘yinda “temiryo‘lchilar” qora bog‘ich taqqan holda maydonga chiqadi. O‘yin 19:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, “Lokomotiv” va “Al-Ayn” klublari o‘rtasidagi Osiyo Chempionlar Ligasi chorak finalining dastlabki uchrashuvi 0:0 hisobida yakuniga yetgandi.
Izoh (0)