BAAning “Al-Ayn” futbol klubi 11-sentabrdan 12-sentabrga o‘tar kechasi Toshkentga yetib keldi, deb xabar berdi “Championat.asia”.
Toshkentning “Lokomotiv” va BAAning “Al-Ayn” klublari o‘rtasidagi Osiyo Chempionlar Ligasi chorak finalining dastlabki uchrashuvi 0:0 hisobida yakuniga yetgandi. Tomonlarning javob to‘qnashuvi 13-sentabr kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 19:00 ga tayin qilingan.
“Lokomotiv” OChLning 2016-yilgi mavsumida 9 ta uchrashuv o‘tkazgan bo‘lib, ularning hech birida mag‘lubiyat alamini totib ko‘rmagan. 13-sentabr kunidagi g‘alaba “temiryo‘lchilar”ni Osiyo qit’asi klublarining eng nufuzli turniri yarim finaliga olib chiqadi.
Bunga qadar “Paxtakor” bir marta, “Bunyodkor” esa ikki marta OChL yarim finalida to‘p surishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)