AQSh okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi xodimasi Syu Mur so‘nggi 30 yil davomida Chukotka dengizi va uning atrofidagi kitlar ustidan olib borilgan kuzatuv natijasida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarni to‘pladi va ko‘rib chiqdi. Biology Letter jurnalida chop qilingan maqolada Mur yozishicha, 1980-yillarda bu yerda planktonlar bilan oziqlanuvchi bukri kit, finval va yo‘l-yo‘l kitlar mutlaqo ko‘zga tashlanmagan bo‘lsa, bugungi kunda ularni uchratish oddiy holat. Mahalliy Grenlandiya kitlari soni ham o‘sganligi taxmin etilmoqda, deb yozadi Naked Science.
Ushbu o‘zgarishlar Arktika muz qatlamining tezlik bilan kamayishi jarayoniga bog‘liq, u 30 yil ichida millionlab kvadrat kilometrga kichraydi, bu u har o‘n yillikda o‘zining o‘n foiz qismini yo‘qotgan, demakdir.
Muzdan xoli bo‘lgan keng suv maydonida fitoplankton rivojlanishi uchun imkoniyat yuzaga kelgan, u quyosh nurlarini o‘ziga singdirib, fotosintezlangan.
Olimlar, shuningdek, so‘nggi o‘n yillikda Arktika kitlari salomatligi yaxshilanganini qayd etdi — ehtimol, bu ham planktonlar tez ko‘payib, ozuqa mo‘l bo‘layotgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)