Shaxmat bo‘yicha 17-jahon chempioni hisoblangan Rustam Qosimjonov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Ozarbayjon poytaxti Bokudagi 42-Butunjahon Shaxmat Olimpiadasida 64-o‘rindan 45 ga ko‘tarilib oldi.
“Olamsport” ma’lumotiga ko‘ra, turnirning beshinchi kunida O‘zbekiston termasi Surinamga imkoniyat qoldirmay, o‘zaro partiyalarning har to‘rtalasida ham zafar quchgan. Surinamga qarshi o‘yinda Jahongir Vohidov, Anton Filippov, Marat Jumayev va Nodirbek Yoqubboyev kabi shaxmatchilar dona surdi.
8-sentabrt kuni O‘zbekiston terma jamoasi Mo‘g‘ulistonga qarshi bahs olib boradi.
Izoh (0)