Isroilning Space Communication firmasi AQShning SpaceX kompaniyasi yana bitta sun’iy yo‘ldoshni ishonib topshirishi uchun Falcon 9 tashuvchi raketalari bir necha marotaba muvaffaqiyatli uchirilishi lozim. Bu haqda firma direktori Devid Pollak Reuters’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.
“Necha martaligini bilmadim, lekin ular bir nechta muvaffaqiyatli parvozlarni amalga oshirishi lozim”, — tasdiqladi Pollak.
Yaqinda SpaceX’ning Falcon 9 tashuvchi raketasi AQShning Florida shtatidagi Kanaveral burnidagi kosmodromdan Space Communication’ga tegishli Amos-6 sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqishga tayyorgarlik ko‘rayotganida avariya sodir bo‘lib, raketa ham, sun’iy yo‘ldosh ham portlab ketgan edi.
Izoh (0)