AQSh prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzod Hillari Klinton raqibi Donald Trampga nisbatan allergiyasi borligi haqida hazillashdi, deb yozadi “TASS”. Bu haqda sobiq davlat kotibi Klivlend (Ogayo shtati)dagi tarafdorlari qarshisida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.
“Har safar Tramp haqida o‘ylaganimda menda allergiya boshlanadi”, — dedi u nutq so‘zlashni boshlashidan oldin kelgan yo‘tal bilan kurashayotib. Sobiq birinchi xonimga saylov shtabi xodimlari bergan suv va yo‘talga qarshi dori yordam berdi, shunda u nutqini davom ettirdi.
Sobiq davlat kotibi “Tramp zarur darajada kuch-g‘ayratga ega emasligini va umuman olganda, AQSh prezidenti bo‘lish uchun talablarga javob bermasligini” yana bir bora ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)