Islom hamkorligi tashkiloti (IHT) bosh kotibi Iyad Amin Madaniy O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan hamdardlik telegrammasi yo‘lladi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar bermoqda.
Madaniy O‘zbekiston xalqi va barcha musulmon ummasi dono va uzoqni ko‘ra biladigan davlat arbobidan ayrilganini ta’kidladi.
“Islom Karimov musulmon ummasi orasida o‘zaro hamfikrlilik, hamjihatlik mustahkamlanishining qat’iy tarafdori edi. 2016-yilda Toshkent bejiz tashkilotimizga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining 43-yig‘ilishi o‘tkazish joyi sifatida tanlanmagandi”, — deyiladi telegrammada.
Izoh (0)