AQSh mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi Twitter’da joylashtirilgan prezident Obamaning Xanchjou shahrida kutib olinishi haqidagi yozuv uchun kechirim so‘radi. Unda “Har galgidek qoyilmaqom, axir bu Xitoy” deya kinoya qilingandi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Tvitda The New York Times chop etgan AQSh va Xitoy amaldorlari o‘rtasidagi tortishuvga doir materialga havola ham berilgandi. Keyinchalik boshqarma yozuvni olib tashladi, shuningdek, “Ushbu akkauntda yangilik xabariga taalluqli tvit joylashtirilgan. U muassasa qarashlarini anglatmaydi. Biz kechirim so‘raymiz”, — deya uzr so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, G20 sammitida ishtirok etish uchun kelgan AQSh prezidenti samolyotiga trap taqdim etilmadi. Obama gilamli yo‘ldan emas, boshqa yo‘l orqali samolyotdan tushishga majbur bo‘ldi.
Izoh (0)