Xitoyda o‘tayotgan G20 sammitida doirasida AQSh prezidenti Barak Obama rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan Suriya va Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda, Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovga asoslanib, “Kommersant” xabar bermoqda.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv rejalashtirilganidan ko‘ra ko‘proq — bir soatdan ortiq davom etgan va uning so‘ngida davlat rahbarlari “yuzma-yuz muloqot qilgan”.
Rossiya prezidenti matbuot kotibining qayd etishicha, uchrashuv yaxshi o‘tgan. “Ish davom ettiriladi”, — deya qo‘shimcha qildi Peskov.
Reuters’ning AQSh ma’muriyatidagi manbasi bergan axborotga ko‘ra, prezidentlarning suhbati “ishchi ruhda o‘tgan”.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)