KXDRning harbiy fitnalari Seul va Pekin munosabatlari uchun tahdiddan iborat. Bu haqda Xanchjoudagi G20 sammiti doirasida Xitoy raisi Si Szinpin bilan uchrashgan Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Joriy yilda Shimol to‘rtta yadro sinovini amalga oshirdi va ko‘plab raketalar uchirdi. Bu harakatlar mintaqadagi barqarorlikka raxna soladi va Janubiy Koreya hamda Xitoy munosabatlari uchun tahdid hisoblanadi. Ochiq muloqot orqali davlatlarimiz mazkur tahdidni ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash va rivojlantirish imkoniyatiga aylantirishi mumkin”, — deya ta’kidladi Pak Kin Xe.
Ikki yetakchi uchrashuvidan bir necha soat o‘tib, Shimoliy Koreya Yapon dengizi hududidan uchta ballistik raketani uchirgani ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)