Fransiya prezidenti Fransua Olland yaqin orada “Normand to‘rtligi”ning yangi muzokaralari o‘tkazilishini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
“Biz yaqin haftalar mobaynida Germaniya, Fransiya, Rossiya va Ukraina sammitini tashkillashtirish to‘g‘risida kelishib oldik”, — deya yozgan siyosatchi Facebook’dagi sahifasida.
Oldinroq Fransua Olland G20 sammiti doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan, unda tomonlar Suriya va Ukrainadagi vaziyat, terrorga qarshi kurash, shuningdek, Putinning oktabrda Fransiyaga amalga oshiradigan tashrifiga oid masalalarni muhokama qilgandi.
Izoh (0)