Meksikaning bir qator shtatlariga yopirilgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Qutqaruv xizmatlarining ma’lum qilishicha, 3-sentabr kuni Chyapas shtatining Tustla-Gutyerres shahrida uch kishi halok bo‘ldi. Ikkita uy vayron bo‘ldi, bitta ko‘prik quladi, 75 mashinaga ziyon yetdi. Suv ostida qolgan hududlardagi oilalar evakuatsiya qilindi.
Xalisko shtatida suv oqimi bir kishini olib ketdi. Kasimiro-Kastilyo shahri hokimiyati tashkil etgan qutqaruv operatsiyasi natijasida uning tanasi topildi.
Izoh (0)