Zimbabve hukumati karkidonlar brakonyerlarning asosiy o‘ljasiga aylanayotgani bois bu turga mansub 700 jonivorning shoxlarini kesib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Biz brakonyerlarga ular bu yerga kelgan taqdirda hech narsa topa olmasliklarini ko‘rsatmoqchimiz. Milliy bog‘lar rahbariyati barcha karkidonlarning shoxlarini kesib olmoqchi”, — dedi jarayonlarda ishtirok etayotgan faol.
Ayolning so‘zlariga qaraganda, shoxlarni arralab olib tashlash operatsiyasiga 1,2 ming dollar sarflanadi. Milliy bog‘lar hududida 100 ga yaqin karkidon yashaydi, qolganlari esa shaxsiy qo‘riqxonalarda istiqomat qiladi.
Karkidon shoxi qora bozorda o‘ta xaridorgir mol hisoblanadi. Talabning oshib borishi sayin bu turdagi jonivorlar soni ham qisqarib bormoqda. Jumladan, 2015-yilda Afrikada rekord darajada (1305) karkidon o‘ldirildi.
Izoh (0)