Yaman janubidagi eng yirik shahar Adanda yuz bergan terakt oqibatida 15 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Xavfsizlik xizmatlaridagi manbalarning ma’lum qilishicha, xudkush terrorchi Yaman armiyasi harbiy xizmatga chaqiriluvchilari guruhi yaqinida portlovchi qurilmani ishga tushirgan.
Adan shahri Yaman prezidentiga sodiq kuchlarning vaqtinchalik poytaxti deb e’lon qilingan edi.
Yamanda hukumat kuchlari va isyonchi xusiylar o‘rtasidagi qurolli mojaro 2014-yilning avgustidan buyon davom etib kelmoqda.
Izoh (0)