Joriy yilning aprelida Afg‘onistonda o‘g‘irlab ketilgan avstraliyalik ayol Kerri Jeyn Uilson ozod etildi, deya xabar bermoqda “TASS” Avstraliya tashqi ishlar vaziriga tayanib.
“Kerri Jeyn Uilson ozod qilindi va xavfsiz joyga joylashtirildi”, — deyiladi TIV rahbari tarqatgan bayonotda.
“Boshqa o‘g‘irlab ketilganlarni himoya qilish hamda Afg‘oniston va boshqa mamlakatlarda odamlar o‘g‘irlab ketilishi xavfini kamaytirish maqsadlarida hukumat uning ozod etilishi bilan bog‘liq vaziyatga izoh bermaydi”, — dedi vazir.
60 yoshli Uilson so‘nggi 20 yil ichida Afg‘onistonda yashagan va ishlagan. 28-aprel kuni u Jaloloboddagi gumanitar tashkilot ofisiga bostirib kirgan noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘rilab ketilgan edi.
Izoh (0)