Pokemon Go o‘yinining muxlislari iyul oyi davomida Angliya va Uels hududida bir necha yuz marotaba tunab ketildi, yo‘l harakati qoidalarini buzdi yoki jamoat tinchligiga rahna soldi. Bu haqda, BBC’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Oy davomida qayd qilingan holatlarning umumiy miqdori 290 tani tashkil qildi.
Ayrim holatlarda o‘yinchilar talonchilarning qurbonlariga aylandi, ammo ko‘pincha ularning o‘zlari qonunni buzdi.
Jumladan, Angliyaning Surrey grafligida noyob pokemon oviga qiziqib ketgan 30 kishi ommaviy mushtlashuvda ishtirok etdi. Qo‘shni Cheshirda huquq-tartibot idoralari diqqatini virtual jonivorlarni qidirib haqiqiy qabristonda tentirab yurgan bolalar tortdi. Uels shimolida esa pokemon ovlashni o‘rgatish bahonasida uyiga o‘smirlarni boshlab kelgan erkak qo‘lga olindi.
Izoh (0)