Finlyandiyaning turli hududlarida mamlakatga yopirilgan “Rauli” bo‘roni tufayli ayni damda 190 mingga yaqin xonadon elektr tarmog‘isiz qolib ketdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Energiya kompaniyalarning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 180 ta aholi punkti elektr tarmog‘isiz qolgan. Soniyasiga 20 metr tezlikdagi shamol bilan yopirilgan bo‘ron daraxtlarning elektr simlariga yiqilib, ularning uzilishiga sabab bo‘ldi. Kuchli shamol ayniqsa Vaasa va Kuopio shaharlarida soniyasiga 25 metr tezlikda kuzatildi.
Mamlakatning markaziy, g‘arbiy, sharqiy va janubiy hududlaridagi aholi punktida elektr tarmog‘i yo‘q. Eng og‘ir vaziyat Yuvyaskyulya shahrida kuzatilmoqda. Bu yerda 8 mingdan ortiq uy-joylar elektr tarmog‘isiz qolgan.
Energetiklar elektr tarmog‘ini tiklash borasida ish olib bormoqda.
Izoh (0)