Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qurolli kuchlarning jangovar shayligi bo‘yicha to‘satdan tekshirish o‘tkazish haqida ko‘rsatma berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rahbari Sergey Shoygu ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Tekshirish Janubiy, G‘arbiy va Markaziy okruglar, shuningdek, Shimoliy flot hamda Havo-kosmik kuchlar va Havo-desant qo‘shinlari Bosh qo‘mondonliklarida o‘tkaziladi.
“Bugun Rossiya Qurolli kuchlari oliy bosh qo‘mondonining qarori bilan navbatdagi to‘satdan tekshirish boshlandi. Janubiy okrug qo‘shinlari, G‘arbiy va Markaziy harbiy okruglar, Shimoliy flot, Havo-kosmik kuchlar Bosh qo‘mondonligi va Havo-desant qo‘shinlari qo‘mondonligi kuch va vositalarining bir qismi Moskva vaqti bilan 7:00 da ‘To‘liq’ jangovar shaylik holatiga keltiriladi”, — dedi Shoygu.
Uning so‘zlariga qaraganda, to‘satdan tekshirish qo‘shinlarning tang vaziyatlarga yo‘l qo‘ymaslik imkoniyatini ko‘rsatadi.
Tekshirish 25—31-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)