Yil boshidan buyon Kosta-Rikaning 708 fuqarosi Zika bezgagiga chalindi. Bu haqda, mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, oxirgi bir hafta mobaynida 187 yangi holat qayd etilgan.
Virus 436 ayolning qonida aniqlangan bo‘lib, ularning 20 nafari homiladordir. Hozircha Zika virusi tufayli kelib chiqqan mikrotsefaliya bilan tug‘ilgan bir nafar bola ma’lum.
Izoh (0)