Italiyaning markaziy qismidagi Umbriya hududida 25-avgust, payshanbaga o‘tar kechasi 4,7 magnitudali yana bir zilzila yuz berdi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.
Yer silkinishi epimarkazi Norcha shahridan yetti kilometr sharqda, o‘n kilometr chuqurlikda joylashdi.
Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida hozircha ma’lumot kelib tushmadi.
Eslatib o‘tamiz, Italiya markazida 24-avgustga o‘tar kechasi mahalliy vaqt bilan 03:36 da (Toshkent vaqti bilan 06:36 da) 6,0 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Uning oqibatida Amatriche, Akkumoli, Posta va Arkuata-del-Tronto aholi punktlariga eng ko‘p zarar yetgan. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda zilzila qurbonlari soni 247 kishiga yetgan.
Izoh (0)