Xitoyning Xeylunszyan provinsiyasi markazi Xarbin chetidagi Anszya shaharchasida avtobusning benzin tashuvchi mashina bilan to‘qnashib ketishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Bundan tashqari, o‘n kishi og‘ir yaralandi. Ular shifoxonaga yotqizildi. Qurbonlar soni oshishi mumkin, negaki shifokorlar jabrlanganlarning uch nafari o‘ta og‘ir ahvolda deb hisoblamoqda.
Avtobusda jami 20 kishi bor edi.
Izoh (0)