Italiyadagi zilzilada halok bo‘lganlar soni 14 kishiga yetdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Akkumoli shahrida kamida olti kishi, Arkuata-del-Trontoda yana ikki kishi, Amatricheda esa besh kishi halok bo‘lgan.
Bundan tashqari, Peskara-del-Tronto shaharchasida yosh bola nobud bo‘lgan.
Zilzila Italiya markazida mahalliy vaqt bilan 03:36 (Toshkent vaqti bilan 06:36)da sodir bo‘ldi. 6,0 magnitudali yer silkinishi epitsentri Ryeti provinsiyasida 4 km chuqurlikda joylashdi.
Avvalroq Italiya vazirlar kengashi qoshida qidiruv-qutqaruv ishlarini muvofiqlashtirish va zilzila oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tezkor shtab tashkil qilingandi.
Izoh (0)