Eron OPEK davlatlari uchrashuvida ishtirok etishi va qazib olishning muzlatilishini qo‘llab-quvvatlashi mumkinligi haqidagi xabarlardan so‘ng neft narxi ko‘tarila boshladi. Bu haqda “Vedomosti” ma’lum qilmoqda.
Oktabrda yetkazib beriladigan Brent turidagi neft narxi 1,54 foizga oshib, bir barreli uchun 49,93 dollarga yetdi, savdolar chog‘i 50 dollarga ham chiqdi. WTI turidagi neft 1,3 foizga ko‘tarildi va bir barreli uchun 48,04 dollarni tashkil etdi.
Reuters manbasiga ko‘ra, Eron Jazoirda 26—28-sentabrda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro energetika anjumani doirasidagi OPEK davlatlari uchrashuvida ishtirok etishini tasdiqlagan. Mazkur uchrashuvda xalqaro uyushmaga kirmaydigan davlatlar bilan qazib olishni muzlatish haqidagi muzokaralar tiklanishi kutilmoqda.
Izoh (0)