Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe KXDR tomonidan ballistik raketa uchirilishi tufayli, shoshilinch tartibda mamlakat Milliy xavfsizlik kengashini chaqirdi, deb yozadi “TASS” Yaponiya hukumatiga tayanib.
So‘nggi marta Yaponiya Milliy xavfsizlik kengashini 3-avgust kuni — KXDR bundan avval raketa uchirgan vaqtida chaqirgan edi. O‘shanda Shimoliy Koreya raketasi birinchi marta Yaponiya iqtisodiy hududiga kelib tushgan edi.
Avvalroq KXDR suv osti kemasidan ballistik raketa uchirgani ma’lum qilindi. Yaponiya mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, raketa taxminan 500 km masofaga uchib, Yapon dengiziga quladi. U birinchi marta mamlakat havo hujumiga qarshi mudofaa identifikatsiya hududi ichkarisiga 80 kilometrgacha kirdi.
Yaponiya hukumati rahbari ushbu hodisani “butun mintaqada tinchlik va barqarorlikka jiddiy rahna solgan holda, BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasini kechirilmas tarzda buzish” deb atadi.
Izoh (0)