Somali armiyasi va Afrika ittifoqining mamlakatdagi missiyasi kuchlari 23-avgust, seshanba kuni Bay mintaqasida “Ash-Shabob” terrorchi guruhining 8 jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mintaqa rasmiylari vakiliga ko‘ra, jangarilar qarshilik ko‘rsatishga harakat qilgan, biroq Somali armiyasi va Afrika ittifoqining birlashgan kuchlari 8 terrorchi, jumladan, “Ash-Shabob” yetakchilaridan biri Hasan Ganeyni yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)