KXDR yana ballistik raketa uchirdi, deb yozadi “Gazeta.ru” “Ryonxap” agentligiga tayanib.
Shimoliy Koreya raketani Yapon dengizidagi suv osti kemasidan uchirgan. Janubiy Koreya qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi vakili so‘zlariga ko‘ra, raketa parvozi mahalliy vaqt bilan taxminan 05:30 (Toshkent vaqti bilan 02:30)da Xamgen-Namdo provinsiyasidagi Sinpxo port shahri yaqinida amalga oshirilgan.
Avvalroq KXDR qurolli kuchlari AQSh va Janubiy Koreya tomonidan o‘tkazilayotgan Ulchi Freedom Guardian harbiy mashg‘ulotlari tufayli yuqori jangovar shaylikka keltirilgani va ushbu mashg‘ulotlar chog‘ida kuzatilishi mumkin bo‘lgan gij-gijlashlarga yadroviy javob berishga tayyorligi ma’lum qilingan edi.
Shu yilning avgust oyi boshida Shimoliy Koreya biryo‘la ikkita ballistik raketa uchirgan edi.
Izoh (0)