Italiya vazirlar kengashi qoshida qidiruv-qutqaruv ishlarini muvofiqlashtirish va zilzila oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tezkor shtab tashkil qilindi, deb yozadi “TASS” hukumat vakillariga tayanib.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Italiya markazida tunda yuz bergan zilzila natijasida kamida olti kishi halok bo‘ldi. Geofizika milliy instituti ushbu tabiiy ofat zarbasini so‘nggi yillardagi eng kuchlilaridan biri deb baholadi.
Ayni paytda tarixiy va me’morchilik obidalari vayron bo‘lgani haqida ma’lumotlar yo‘q.
Zilzila Italiya markazida mahalliy vaqt bilan 03:36 (Toshkent vaqti bilan 06:36)da sodir bo‘ldi. 6,0 magnitudali yer silkinishi epitsentri Ryeti provinsiyasida 4 km chuqurlikda joylashdi.
Izoh (0)