Buyuk Britaniya iqtisodiyoti Yevroittifoqqa a’zolik yuzasidan o‘tkazilgan referendum (Brexit) yakunlari tufayli kelib chiqqan sarosimalikdan o‘zini o‘nglab olmoqda. Bu haqda, The Guardian’dagi tahliliy maqolaga iqtibos keltirib, “Interfaks” ma’lum qilmoqda.
Jumladan, bir qator ko‘rsatkichlar sanoat, savdo va qurilishda faollik ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.
Sanoat sektorida o‘tkazilgan so‘rov eksport oxirgi ikki yil ichidagi eng yuqori darajaga ko‘tarilganini ko‘rsatmoqda. Quruvchilar esa xaridorlar yana uy-joyga qiziqish bildirayotganini xabar qilmoqda. Oxirgi uch oy mobaynida supermarketlarda xarid ko‘rsatkichlari 0,3 foizga oshdi.
Referendum natijalari funt sterling kursining tushishiga va bozordagi noaniqlikka sabab bo‘lgani bois mamlakat iqtisodiyotida tushish kuzatilgan edi. Ammo, nashr ekspertlarining ma’lum qilishicha, ayni paytda vaziyat barqarorlashmoqda.
Izoh (0)