Rio-de-Janeyrodan qaytgan O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Tashkent City Tour avtobuslarida shahar ko‘chalaridan o‘tmoqda. Bu jarayon aks etgan videolavhalar Tashkent City Tour’ning hamda MyDay’ning Facebook’dagi sahifalarida e’lon qilindi.
Ilgari ma’lum qilinganidek, minglab muxlislar shahar ko‘chalarida qo‘llarida bayroq tutgancha sportchilarni kutib olmoqda. Sportchilar esa, o‘z navbatida, ularga minnatdorchilik bildirmoqda.
Muqaddam sportchilar Bobur, Nukus, Afrosiyob, Sharof Rashidov va Navoiy ko‘chalaridan o‘tib, Milliy olimpiya qo‘mitasi binosigacha borishi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)