Pichoq ko‘targan ayol 22-avgust, dushanba, kunining ikkinchi yarmida Bryusselning Ukkl kommunasi, Baskyul dahasida vahimaga sabab bo‘ldi. Daily Mail uning qo‘lida machete bo‘lganini ta’kidlamoqda, deya xabar beradi “Interfaks”.
Guvohlarga ko‘ra, ayol “Baskyul” bekatida avtobusda ikki kishini yaraladi. Hodisa joyiga yetib kelgan politsiyachilar uni qurshab olmoqchi bo‘ldi, biroq ayol yaqin atrofdagi savdo qatorlarida yashirinishga urindi. U pichoq bilan tahdid qilgani sababli politsiyachilar o‘q uzishga majbur bo‘ldi. Ayol yaralangani, lekin tirik qolgani aytilmoqda.
OAVlarning huquq-tartibot idoralariga tayanib bildirishicha, hodisani terakt sifatida baholashga asos yo‘q, ayolning ruhiy xasta ekanligi ehtimolga yaqinroq hisoblanmoqda.
Izoh (0)