Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi 2017-yilgi saylovlarga yana o‘z nomzodini qo‘ymoqchi. Bu haqda, AFP’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, bu boradagi bayonot Sarkozining o‘ziga xos siyosiy dasturiga aylanishi kutilayotgani “Hamma narsa Fransiya uchun” nomli kitobining chiqishi munosabati bilan tarqatiladi.
Kitob 24-avgustdan do‘konlarda paydo bo‘ladi.
“Men 2017-yilgi prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodimni qo‘yishga qaror qildim. Bu mening burchim”, — kitobdan iqtibos keltiradi agentlik.
Izoh (0)