Filippin prezidenti Rodrigo Roa Duterte rasmiy Manila narkosavdoga qarshi kurashayotgan uslublar BMT tomonidan tanqid qilinayotgani sababli mamlakat xalqaro tashkilotni tark etishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda, The Guardian manbalariga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Duterte, shuningdek, BMTni ochlik va terrorchilik muammolarini yechishdagi urinishlari yetarli emasligi, Suriya va Iroqdagi tanglikni bartaraf etishga imkon topolmayotgani uchun tanqid qildi. Prezidentning fikricha, xalqaro tashkilot o‘zining to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazifalarini bajarish o‘rniga jinoyatchilar haqida qayg‘urmoqda.
Oldinroq BMTning inson huquqlari bo‘yicha ekspertlari Filippinni narkosavdoga aloqadorlikda gumon qilingan kishilarning sud hukmisiz o‘ldirilishiga chek qo‘yishga chaqirgandi. Huquq himoyachilarining ta’kidlashicha, bunday qotilliklar soni Duterte shu yil may oyida Filippin prezidenti etib saylanganidan beri oshib ketgan. G‘arb matbuoti ularning soni 900 ga yaqin ekanligini bildirmoqda.
Izoh (0)