Daryo

Rio-de-Janeyroda suzish bo‘yicha amerikalik Olimpiada chempioni taksi ichida tunab ketildi

Rayan Loxtening o‘zi ahvoli yaxshi ekanini aytdi

1 daqiqa o‘qish10 416 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: CBC Sports

Suzish bo‘yicha AQSh terma jamoasining a’zosi, 4x200 metrga kompleks usulda estafeta suzishda Rio–2016 Olimpiadasining chempioni Rayan Loxtening Rio-de-Janeyro shahrida tunab ketilishi haqidagi voqeani uning braziliyalik hamkasbi Tiagu Pereyra ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RBK”.

Foto: CBC Sports

Pereyraning ma’lum qilishicha, sportchilar o‘z tanishining kechki ziyofatiga borgan va u tugagach, hamma tarqalgan. Keyin esa Pereyra amerikalik sportchiga go‘yoki o‘g‘rilar hujum qilganini eshitdi. “Tiagu Loxtega qo‘ng‘iroq qildi va amerikalik u o‘tirgan taksiga o‘g‘rilar hujum qilganini aytdi”, – deya ma’lum qildi Pereyraning rasmiy vakili.

Rayan Loxtening o‘zi ahvoli yaxshi ekanini aytdi. Pereyra bilan muloqot vaqtida amerikalik hujum qilganlar qurollangan yoki yo‘qligiga aniqlik kiritmagan.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Loxtega qilingan hujum haqidagi xabarni hozirgacha rad etib kelayotgandi. Tashkilotning rasmiy vakili Mark Adams qurollangan hujum haqidagi xabarlar “haqiqiy safsata” ekanini aytdi. Suzuvchining murabbiyi bu ma’lumotni tasdiqlay olmadi.

Riodagi Olimpiada vaqtida talonchilar bir necha taniqli sportchiga hujum qildi. Shular orasida rossiyalik sobiq suzuvchi Yevgeniy Korotishkin ham bor. Qurollangan talonchilar London–2012 Olimpiadasining sovrindorining cho‘ntagida bor narsani tunab ketgandi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar