Rossiya Yamanda harbiy to‘qnashuvlar yana avj olganidan xavotirda bo‘lib, muxolif tomonlarni muzokara boshlashga chaqiradi. Bu haqda RF prezidentining Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlari bo‘yicha maxsus maslahatchisi, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov Yaman tashqi ishlar vaziri, bosh vazir o‘rinbosari Abdulmalik al-Maxlafiy bilan uchrashuvda aytib o‘tdi, deb ma’lum qiladi “TASS”.
Uchrashuv Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida Yamandagi harbiy va gumanitar vaziyat muhokama qilindi, mamlakatdagi ixtilofni eng qisqa muddatlarda bartaraf etish zarurligini ikki tomon ham ta’kidladi.
Izoh (0)