Rossiya harbiy-koinot kuchlari Hamadondagi aviabazadan Suriya hududiga aviazarbalar berish uchun o‘zlari istagan muddatgacha foydalanishi mumkin. Bu haqda Eron mudofaa vaziri Husayn Dehqon Tasnim agentligiga ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
Vazirning bildirishicha, Eron Rossiya harbiy samolyotlari uchun yana bir bazani berishni rejalashtirayotgani yo‘q. Biroq rossiyaliklar Hamadondagi aviabazadan zaruratga qarab istagancha foydalanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Eron parlamenti spikeri Ali Larijoniy mamlakat Rossiyaga Suriyada harbiy operatsiyalar o‘tkazish uchun harbiy baza taqdim etmagani, balki terrorga qarshi kurashda hamkorlik qilayotganini bildirgandi.
Izoh (0)