19-avgustning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. CNN telekanali boshlovchisi Aleppoda yaralangan suriyalik bolakay haqida hikoya qilib, o‘zini bazo‘r yig‘idan tiydi. “Bu Omran. U tirik. Biz shunchaki siz bu haqda bilishingizni istaymiz”.
2. Oksana Chusovitina: Tokio–2020 Olimpiadasida medal olaman. “Men O‘zbekiston uchun Olimpiada o‘yinlarida medal olishni orzu qilaman”.
3. Tollimarjondagi megaloyiha — bug‘-gaz elektr stansiyasining 400 tonnalik gaz turbinalari O‘zbekistonga yetib keldi. Videoxabar muallifi gaz turbinalarini olib kelayotgan avtojamlanmani Ustyurtda uchratgan.
4. “O‘zbektelekom” Uzcloud bulutli data-markazni ishga tushiradi. Ayni paytda data-markaz 160 bleyd-serverlar, 1 petabaytlik omborxonaga ega.
5. 2013—2015-yillarda OTMlarga kirish test imtihonlari natijalari qachon e’lon qilingan? Javoblarning chiqishi 20-avgustga qadar cho‘zilishi yangilik emas.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)