Rossiya mehmonxonalaridag halol standartlarga mos keluvchi xonalarni buyurtma qilish yagona tizimi ishga tushirildi. Bu haqda Moskva jome masjidida o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Vektor” kompaniyalar guruhi bosh direktori Georgiy Jashkov bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Guruh Rossiya muftiylar kengashidan ushbu loyiha realizatsiyasi uchun to‘liq huquqlarni oldi.
“Sertifikatsiyadan o‘tgan xonalarni buyurtma qilish yagona portali, shuningdek, xodimlari akkreditatsiyadan o‘tgan ixtisoslashtirilgan koll-sentr yaratilmoqda”, — dedi Jashkov.
Ilgariroq Rossiyadagi mehmonxonalarda musulmon mijozlarga mo‘ljallangan, halol standartlarga mos keluvchi maxsus xonalar tarmog‘i yaratilishi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)