Rio—2016 ning og‘ir atletika bo‘yicha chempioni Ruslan Nuriddinovga atab chizilgan karikatura sportchining Facebook sahifasidan joy oldi.
Hasan Mahmudov va Azizbek Odilov tomonidan chizilgan karikaturada Ruslan Nuriddinov uch nafar futbol yulduzini ko‘tarib turgani aks ettirilgan.
Og‘ir atletikaning siltab ko‘tarish musobaqasida Nuriddinov 237 kilogramm toshni o‘ziga bo‘ysundirib, bu bilan Olimpiada o‘yinlari rekordini ham o‘rnatdi. Karikatura mualliflari bu og‘irlik Lionel Messi, Zlatan Ibrahimovich hamda Krishtianu Ronalduning umumiy og‘irligiga teng ekaniga urg‘u bergan.
Izoh (0)