Singapur politsiyasi Pokemon Go o‘yini tufayli ikki kishini hibsga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Today nashrining bildirishicha, 14-avgut, yakshanba kuni savdo markazlaridan biriga kiraverishda piyoda va haydovchi o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqqan. Yo‘ldan o‘tayotgan piyoda pokemon tutishga shu qadar qiziqib ketganki, yo‘l o‘rtasida to‘xtab qolgan. Uning o‘tishini kutib turgan haydovchi o‘z noroziligini bildirgan, keyinchalik ixtilof mushtlashuvga ko‘chgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya naryadigina mushtlashuvni to‘xtatgan.
Janjal ishtirokchilari idoraga yetkazilib, ularga nisbatan jinoiy ish ochilgan. Endilikda ular bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi yoki 5 ming Singapur dollari (3,7 ming AQSh dollari) miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.
Izoh (0)