Amerikalik yengil atletikachi, Rio–2016 Olimpiada o‘yinlarida uch hadlab yo‘nalishida kumush medalga sazovor bo‘lgan Uill Kley terma jamoadagi hamkasbi Kvin Xarrisonga turmush qurish taklifini bildirdi. Bu haqda NBC portaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Kley taqdirlash marosimidan so‘ng tribunada o‘tirgan sevgilisining oldiga chiqib, bitta tizzasiga o‘tirdi va brilliant uzukni hadya qildi. Xarrison to‘siqlardan sakrab yugurish masofasida ishtirok etadi, ammo u Olimpiadada qatnashmadi.
“Ertalab uyg‘onganimda bugun eng yaxshi kun bo‘lishini bilgandim. Biz ikkimiz mahoratlimiz. U mening inson bo‘lib yetishishimga yordam bergan. Men unga eng yaxshi do‘stim bo‘lishini, u mening qovurg‘am bo‘lishini, u bilan birga qarishimni aytdim. U men bilan bir umr birga bo‘lishini istayman”, – dedi Kley.
Avvalroq Rio–2016 Olimpiada o‘yinlarida suvga sakrash bo‘yicha ishtirok etgan xitoylik Sin Kay terma jamoadagi sherigi Xe Sziga turmushga chiqish taklifini bildirgandi.
Izoh (0)