Gvatemalaning Ketsaltenango departamentidagi Santyagito vulqoni otilishi oqibatida hosil bo‘lgan kul dengiz sathidan 5 kilometrgacha balandlikka ko‘tarildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Shunga o‘xshash yoki bundan ham kuchliroq holatlar qaytarilishi ehtimoli istisno etilmagan, shu bois zarur ehtiyot choralari ko‘rilishi lozim. Jumladan, aholiga uydan chiqmaslik tavsiya etiladi”, — deyiladi Vulqonshunoslik, seysmologiya, gidrologiya va meteorologiya milliy instituti xabarida. Aholi evakuatsiya qilinmagani bildirilmoqda.
Santyagito Markaziy Amerikada joylashgan mamlakat hududidagi eng faol vulqonlardan biri hisoblanadi: joriy yilda u 76 marotaba otildi.
Izoh (0)