Xitoy shimoli-g‘arbidagi Gansu provinsiyasida joylashgan ohak shaxtasida chiqqan yong‘in oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Alangalanish 16-avgust, seshanba kuni tushki payt Chjanye shahar okrugidagi JISCO metallurgiya guruhiga qarashli shaxtada sodir bo‘ldi. Bu yerda 9 nafar konchi qamalda qoldi. Ularning jasadi 17-avgust, chorshanba kuni chiqarib olindi. Ularni qutqarishga harakat qilgan uch nafar qutqaruvchi ham halok bo‘ldi.
Hodisa joyida o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar ishlamoqda. Politsiya alangalanish sabablarini o‘rganishga kirishdi.
Izoh (0)