Saudiya Arabistonida Yaman hududidan isyonchi xusiylar tomonidan yo‘llangan snaryad portlashi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Hodisa mamlakat janubidagi Najaran shahrida sodir bo‘ldi. Qurbonlarning barchasi tinch aholiga mansub bo‘lgani bildirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya Yamanning Sa’da viloyatidagi maktabga bergan aviazarba tufayli kamida 10 nafar bola halok bo‘lgandi.
Izoh (0)