12-avgust kuni Buyuk Britaniya politsiyasi xitoylik 25 yoshli talabani qo‘lga oldi. U poyabzali ichiga pichoq yashirib Bukingem saroyiga kirishga uringan edi, deb ma’lum qiladi “TASS”.
Sheffild universitetida ta’lim olayotgan Xan Chjan qo‘lga olinganida qirolicha Yelizaveta II ni o‘ldirish maqsadini yashirib o‘tirmadi. U ruhiy xastalikdan aziyat chekayotgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
May oyidan buyon shunga o‘xshash to‘rtinchi voqea kuzatilishi. Jumladan, o‘tgan hafta mast erkak panjaradan oshib tushib, qo‘riqchilar uni payqaguniga qadar saroy hududida 15 daqiqa turgani ma’lum.
Izoh (0)