Muammolar va shikoyatlar bo‘lmaganida, Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada o‘yinlari zerikarli va qizig‘i yo‘q bo‘lardi. Bunday fikrni Xalqaro voleybol federatsiyasi prezidenti Ari Grasa bildirdi, deb yozadi “TASS”.
“Men braziliyalikman va mening mamlakatim Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilayotgani men uchun sharaf va iftixordir, — dedi Grasa. — Braziliyada yozgi O‘yinlarni o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Albatta, kimdir shikoyat qiladi va muammolar haqida gapiradi. Ammo ular bo‘lmaganida Olimpiada o‘yinlari butunlay zerikarli bo‘lardi. Shuning uchun hammaga muammolarni qidirishdan chalg‘ib, Olimpiada ruhini his qilishni tavsiya qilaman”.
Riodagi o‘yinlarning birinchi kunidan boshlab ishtirokchilar va muxbirlardan turar-joy bilan bog‘liq muammolardan tortib, transport va ovqatlanish masalalarigacha bo‘lgan ko‘plab shikoyatlar kelib tushmoqda.
Izoh (0)